
«Barselona» prezidentligi uchun o'z nomzodini qo'ygan Emili Ruso saylovda g'olib chiqsa, jamoaning uy stadioni hisoblangan "Kamp Nou"ning nomini Lionel Messining sharafiga o'zgartirish niyati borligini ma'lum qildi."Messining shartnomasi ushbu mavsum so'ngida yakuniga etadi. Ammo u jahon futboli va "Barselona"ning tirik afsonasi hisoblanadi. Men direktorlar kengashiga stadion nomini "Kamp Nou Leo Messi"ga o'zgartirishni taklif qilaman", — dedi Ruso.33 yoshli Messi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub safida 742ta uchrashuvda maydonga tushib, 640ta gol urdi.
Fikrlar 2
Stadionni chu holisha qoyinlar uni tamirlang va oldiga katta qilib messi haykalini qoyinglar bu yaqshi
Manimcha bu ortiqcha