
«Barselona» bugun Ispaniya La ligasining 11-turi doirasida «Osasuna»ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi. Kataloniyaliklarning to'rtinchi golini Lionel Messi o'z hisobiga yozdi.Argentinalik futbolchi urgan golini 25 noyabr kuni vafot etgan vatandoshi Diego Maradonaga bag'ishladi. Messi ichidan kiyib olgan «Nyuells Old Boyz» klubining 10-raqamdagi futbolkasini namoyish etdi. Maradona 1995-2000 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan va 10-raqamli futbolkada o'ynagan.Messi esa futbolkasini echgani uchun bugun ogohlantirish oldi.



Fikrlar 0