Markaziy himoyachi Jan-Kler Todibo Portugaliyaning "Benfika" klubidan muddatdan oldin "Barselona"ga qaytishi mumkin. Bu haqda O Jogo nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishiga qaraganda, "ko'k-anorranglilar" frantsiyalik futbolchini yanvar oyida ortga qaytarish variantini ko'rib chiqmoqda.

20 yoshli himoyachi haligacha "Benfika"da debyut o'yinini o'tkazmadi.

Todibo "Barselona" tarkibida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilinishini yordam berishi rejalashtirilmoqda.