
Kecha Turinning "Yuvenuts" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu EChL doirasida Kievning "Dinamo" (3:0) klubiga qarshi o'yinda gol kiritdi.
Ushbu gol portugaliyalik futbolchining EChL doirasidagi uy uchrashuvlarida kiritgan 71-goliga aylandi.
35 yoshli hujumchi bu borada Kataloniyaning "Barselona" hujumchisi Lionel Messini ortda qoldirdi. Argentinalik futbolchi EChLning uy uchrashuvlarida 70 ta gol kiritgandi.
Evropa Chempionlari Ligasi guruh bosqichini aynan "Barselona" hamda "Yuventus" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlab beradi. Ushbu bahs 8 dekabr kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.
Fikrlar 0