
Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Serdjino Dest jamoa sardori Lionel Messi mavsum yakuniga etgach Kataloniyada qolishiga umid qilmoqda.
«Messi jamoadan ketishni xohlayotgani haqida eshitdim, lekin bu narsa haqida hech narsa bilmayman. Umid qilamanki, u bilan yana bir mavsum to'p tepaman.
Ko'ramiz. Klubdagilarning barchasi uni qolishini xohlamoqda, biroq yakuniy qarorni u hal qiladi», – dedi Dest.
Fikrlar 0