Pike: Ikkinchi bo'limni o'yin tizginini o'z qo'limizga oldik, desa ham bo'ladi, ammo to'p darvozaga borishni istamadi. Oxirgi o'yinlarda qayd etilayotgan natijalardan ko'prog'iga loyiqmiz, deb o'ylayman. Mana shunday vaziyatda bizga bo'lgan e'tibor va bosim maksimum darajaga chiqadi. Lekin hammasi ham yomon bo'lgani yo'q, "Slaviya" ko'p ham golli vaziyatlar yaratmadi. Hammaning o'z fikri bor. Men "Barsa"da anchadan beri o'ynayman. Bizni ishlar yaxshi kechishini istagan odamlar tanqid qilishni boshlashadi, ammo hozir sovuqqon va xotirjam bo'lish kerak.