Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi EChL doirasida "Barselona" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin haqida fikr bildirdi.

"Barcha narsa oldimizda turgan o'yin ajoyib tarzda bo'lib o'tishini ko'rsatmoqda. Ijobiy natija biz uchun juda muhim.

EChL - katta jamoalar ishtirok etadigan musobaqa sanaladi. O'yin qiyin bo'ladi, lekin tarbkimizdagi tajribali futbolchilar "Barselona"ga etarlicha muammo tug'dira oladi", - dedi Bonuchchi UEFA rasmiy saytiga.