Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq bosh murabbiyi Kike Seten Ispaniyaning "Betis" klubiga qaytishi mumkinligi haqida Marca nashri xabar bermoqda.

Sevilyaliklar rahbariyati jamoaning joriy mavsumda ko'rsatayotgan o'yinidan qoniqish hosil qilmayapti. Shu sababli, agar amaldagi bosh murabbiy Manuel Pellegrini iste'foga chiqariladigan bo'lsa, u holda uning o'rni Seten birinchi nomzod sanalmoqda.