Kataloniyaning «Barselona» klubi sardori Lionel Messi EChL doirasida «Yuventus» darvozasi tomon 11 marta zarba yo'lladi.

Ularning 7 tasi darvozaga aniq etib bordi, biroq, bittasi ham gol bilan yakunlanmadi. Barcha zarbalarning yo'liga 42 yoshli darvozabon Janluidji Buffon g'ov bo'ldi.

Opta portalining hisob-kitobiga ko'ra, 2003/04 yilgi mavsumdan beri (aynan mana shu mavsumda statistika yuritilni boshlagan) hech qaysi futbolchi raqib darvozasi tomon shuncha aniq zarba yo'llab, maydonni golsiz tark etmagan.

Bundan tashqari, argentinalik futbolchining 3 ta zarbasiga «Yuventus» futbolchilari to'sqinlik qilishdi, yana bitta zarbasi ekan noaniq ketdi.