
Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchilari moliyaviy inqiroz paytida maoshlarining qisqartirilishiga rozi bo'lishdi. Bu haqda Ispaniya futbolchilar assotsiatsiyasi xabar bermoqda. Klub rahbariyati asosiy va ikkinchi tarkib futbolchilari bilan kelishuvga erishgan.
Qayd etilishicha, maoshlarning bir qismi futbolchilarga bir necha yillar mobaynida to'lanmaydi. "Barselona" rahbariyati klub inqirozdan chiqib ketganidan so'ng, qisqartirilgan maoshlarni qoplab berishni va'da qildi.
Shu tariqa, «blaugranaslar» rahbariyati 122 million evro tejashni niyat qilishmoqda. Bu esa «Barselona»ni bankrotlikdan saqlab qoladi.
Fikrlar 2
hammasi yaxshi bolib ketadi hali
Eh bartomeuo barto