
"Barselona" "Marsel" yarim himoyachisi Bubakar Kamarani sotib olish niyatida. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda.
Kataloniya klubi futbolchining transferini yanvar oyida amalga oshirishga urinib ko'radi.
Transfermarkt portali Kamarani 32 million evroga baholamoqda.
Ma'lumot uchun, futbolchining frantsiya klubi bilan shartnomasi 2022 yil iyunida yakuniga etadi.
Avvalroq Kamaraga "Bavariya" da'vogarlik qilayotgani xabar berilgan edi
Fikrlar 1
sotib olish huquqi bilan ijarada sinab ko'rish kerak