Kataloniyaning «Barselona» klubi hozirgi paytda Myunxenning «Bavariya» himoyachisi David Alaba bilan shartnoma imzolay olmaydi, deya xabar tarqatmoqda Mundo Deportivo.

Alaba yozda yiliga 10 million evro maosh to'lay oladigan klub bilan shartnoma imzolash niyatida. Shuningdek, 15 million evro ko'tarma puli ham talab qilmoqda. Biroq, bu talab kataloniyaliklarni qoniqtirmayapti.

Avvalroq, «Barselona» klubi moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgani sababli, harajatlarni 300 million evroga kamaytirish maqsadida futbolchilar bilan maoshlarni qisqartirishga kelishib olgani haqida xabarlar tarqatilgandi.