Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Ansu Fati operatsiyadan keyin tiklanish jarayonini boshladi.

«Tiklanish jarayonini boshladim. Barchasi yaxshi ketayotganidan xursandman, umid qilamanki, tezroq jamoa safiga qaytaman. Lekin, men uchun eng asosiysi – sog'ayish», - dedi Fati «Barselona» matbuot xizmati bilan suhbatda.

Qayd etilishicha, Fati mart oyida maydonga qaytadi.