«Real Sosedad» bosh murabbiyi Imanol Alguasil Ispaniya chempionatining 19-turidan o'rin olgan «Barselona»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrni bildirib o'tdi.«Grizmannga raqib darvozasi oldida omad kulib boqmayapti, lekin unda vaziyatlar mavjud. U qilayotgan ish va yuzaga keltirayotgan vaziyatlar katta ahamiyatga ega. Uning jismoniy ko'rsatkichlari yaxshi taassurot qoldirmoqda. Agar Messi va Grizmann uyg'onishsa, «Barselona»ni hech kim to'xtata olmaydi», – dedi Alguasil.Eslatib o'tamiz, «Barselona» va «Real Sosedad» jamoalari o'rtasidagi o'yin 16 dekabrdan 17 dekarga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.