
"Slaviya" darvozaboni Ondrey Kolarj Evropa chempionlar ligasining 4-turi doirasida bo'lib o'tgan o'yindan keyin "Barselona" futbolchilarini tanqid qildi."Ter Shtegen tunnelda meni kutib turgan edi va anchadan beri bunday saviyadagi darvozabonni ko'rmaganini aytdi. Ajoyib darvozabondan bundan maqtovni eshitish men uchun yoqimli bo'ldi. Boshqa o'yinchilar haqida esa... Messi va "Barselona"ning boshqa futbolchilari shunchaki o'tib ketishdi. Ularning ayrimlari bizga qo'l berishmadi. Biz ular bilan suhbatlashish va futbolka almashtirish uchun vaziyat kutdik, ammo ular o'zlarini chiroyli tutishmadi", - dedi Kolarj.
Fikrlar 3
Raqibni mensimagan bular. Menimçha pike, buskets bölgan öwalar
Muxlislarni hafa qilish yaxshi ish emas
Eh bla hali wunaqa qildimi