«Barselona» yarim himoyachisi Serxio Buskets jamoa safidagi o'yinlar soni bo'yicha Karles Puyolni ortda qoldirdi. «Real Sosedad»ga qarshi bahs (2:1) 32 yoshli futbolchi uchun "ko'k-anorranglilar" safidagi 594-uchrashuv bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha Buskets klub tarixidagi to'rtinchi o'yinchiga aylandi. Buskets «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2008 yildan buyon kataloniyaliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. «Barselona» safidagi o'yinlar soni bo'yicha yuqori pog'onalarni Andres Inesta (674), Lionel Messi (747) va Xavi (767) egallab turibdi.