
Kataloniyaliklar hujumchisi Usmon Dembele payshanba kungi fitnes mashg'ulotlariga yakka tartibda qaytdi deya xabar beradi klub matbuot xizmati.
Futbolchi oxirgi marta «Kadis»ga qarshi mag'lubiyatda maydonga tushgan va jiddiy jarohati sabab birinchi bo'limning o'zidayoq almashtirilgan edi. U katta ehtimol hafta oxiridagi «Valensiya»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Lekin kelasi hafta bo'ladigan «Real Valyadolid» bilan o'yingacha tiklanishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, «ko'k-anorranglilar»ni yanvar oyida 5 ta muhim bahs kutib turibdi.
Fikrlar 2
"Barselona" Semedu bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Tezroq tuzalsin real valyadolidga qarshi o'yinda tushsin Ansu Fatini ham tezroq sog'ayishini tilaymz