
Kataloniyaning "Barselona" klubi o'z yarim himoyachisi Filippe Koutinoni sotish imkoniyatlarini ko'rib chiqayotganligi haqida Ara.cat sayti xabar bermoqda.
Manbaning tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, kataloniyaliklar 28 yoshli futbolchi bilan yanvar oyidayoq xayrlashishlari mumkin.
"Ko'k-anorranglilar" oylik-maoshlarni kamaytirishga harakat qilishmoqda, braziliyalik futbolchi esa jamoaning eng yuqori maosh oladigan o'yinchilardan biri sanaladi(yiligi 23 million evro - tahririyat).
Bundan tashqari, Koutinoning "Barselona"dagi o'rnini Pedri bemalol bosa olishi taxmin qilinmoqda.
Joriy mavsum Koutino "Barselona" tarkibida 11 ta o'yin o'tkazdi va 3 ta gol kiritib, ikkita golga assistentlik qildi.
Fikrlar 1
Sotmaslik kerak hali kerak bo'ladi