Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Mussa Vage tizzasidan jiddiy jarohat oldi, deya xabar bermoqda Sport.es nashri.

Gretsiyaning PAOK klubi safida ijara asosidan o'ynayotgan 22 yoshli senegallik futbolchi Ispaniyada operatsiya qilinadi.

Futbolchining tiklanish jarayonia uchun deyarli bir yil vaqt kerak bo'ladi. Hatoo Vage futbolchilik faoliyatini yakunlashi ham mumkin.