Kataloniyaning "Barselona" futbolchisi Usmon Dembele jamoaning umumiy mashg'ulotlariga qaytdi. Biroq, «Vilyarreal»ga qarshi o'yin ro'yxatidan joy olmadi.

Agar Dembelening tiklanish jarayoni rejadagidek ketadigan bo'lsa, u holda frantsiyalik futbolchi «Eybar» bilan seshanba kuni bo'ladigan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

Dembele o'zining navbatdagi jarohatini dekabr oyining boshida olgan edi.