Ispaniya chempionatining 15-turi doirasida "Barselona" o'z uyida "Valyadolid"ni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Kataloniyaliklar sardori Lionel Messi mazkur o'yinda bitta gol urib, bir golga uzatma berdi. Argentinalik futbolchi La liganing joriy mavsumida 14-o'yinga kelib dastlabki assistni amalga oshirdi. Uning uzatmasidan keyin Kleman Langle bosh bilan darvozani ishg'ol qildi. Eslatib o'tamiz, Leo o'tgan mavsumda 33ta o'yinda maydonga tushib, 23ta golga uzatma bergan edi.