
"Manchester Siti" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Riki Puchga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Estadio Deportivo" xabar tarqatdi.Manbaga ko'ra, mankunianliklar 21 yoshli futbolchini qishki transfer paytida qo'lga kiritishmoqchi. Shuningdek, Puchga "Betis" ham qiziqish bildirmoqda hamda uni yarim yilga ijaraga olmoqchi. Puch joriy mavsumda "Barselona" safida 4ta o'yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan tuzilgan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar 1
Shu Kumanga xayronman shunday iqtidorni nega o'ynatmayapti agar o'ynatmasa ketgani maqul lekin sitida Gvardiola uni asosiy tarkibdan joy olishiga ko'p imkoniyat beradi chunki u yosh iqtidorlarni qadriga yetadi