
Kataloniyaning «Barselona» klubi qishki transfer bozorida to'rt nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar tarqatmoqda.
Xunior Firpo, Riki Puch, Karles Alenya va Samyuel Umtitilar murabbiylar shtabining rejalariga kiritilmayapti. Eslatib o'tamiz, Umtitining xizmatiga «Yuventus» qiziqish bildirgandi, biroq frantsiyalik himoyachi «blaugranaslar» tarkibida qolish niyatida ekanligini bildirdi.
«Barselona» ushbu futbolchilarning transferidan tushadigan mablag'larni Memfis Depay, Jordjino Veynaldum va Erik Garsiyalarni xarid qilishga yo'naltirmoqchi.
Fikrlar 1
Puch va Umtitini sotmash kerak