«Barselona» shikoforlarining xavotiri o'z tasdig'ini topdi — yarim himoyachi Filippe Koutinoning tizzasi bo'g'imidagi payi jarohat oldi.  Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, o'yinchi jarrohlik stoliga yotadi. Avvalroq futbolchining tiklanishi uchun 4 oy vaqt ketishi haqida xabar tarqatilgan edi. Filippe Ispaniya chempionatining 16-turi doirasida bo'lib o'tgan «Eybar»ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi. U bahsning 66-daqiqasida maydonni shifokorlar yordamida tark etdi. Mavsum-2020/21da Koutino «Barsa» safida barcha musobaqalar doirasida 14ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.