«Barselona» klubi yarim himoyachisi Felippe Koutinoning "Eybar"ga qarshi o'yinda tizzasidagi payi uzilgandi. Braziliyalik futbolchi ertaga operatsiya qilinadigan bo'ldi. Ma'lumotlarga qaraganda, uning tiklanishi uchun 4 oy vaqt talab etiladi.