
«Barselona» klubi ikki kunlik tanaffusdan bugun mashg'ulotlarga qaytdi. Klub sardori Lionel Messi umumiy guruhda shug'ullandi. Argentinalik futbolchi kichik jarohat tufayli «Eybar»ga qarshi o'yinni (1:1) o'tkazib yuborgan edi. Eslatib o'tamiz, «Barselona» 3 yanvar, yakshanba kuni «Ueska» klubi mehmoni bo'ladi.
Fikrlar 0