
Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Ansu Fati jarohatdan so'ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
AS nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, ispaniyalik futbolchining reabilitatsiya jarayoni yaxshi ketmoqda. Aftidan Fati 16 fevral kuni EChLning 1/8 final bosqichida «PSJ»ga qarshi o'yingacha to'liq tiklanib bo'ladi. Qayd etish kerakki, reja bo'yicha Fati mart oyining o'rtalarida maydonga qaytishi kerak edi.
18 yoshli futbolchi «Barselona» tarkibida barcha musobaqalarda o'nta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol kiritdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar 0