«Barselona» murabbiylar shtabining ikki a'zosida koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi, ammo ularning nomini oshkor qilmadi.5 yanvar tongida butun jamoa test topshiradi. Shu bois, seshanba kuni ertalabga belgilangan mashg'ulot bekor qilindi.6 yanvar, chorshanba kuni Ronald Kuman jamoasi Bilbaoda «Atletik» klubiga qarshi 2-turning qoldirilgan o'yinnini o'tkazadi.