«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard kelajakda «Barselona»ni boshqarishni niyat qilmoqda. Bu haqda jurnalist Gilem Balage xabar tarqatdi.«Uning orzusi — La liga klubini boshqarish. Frank futbolchilik faoliyatida Ispaniya chempionatida o'ynay olmagan. U «Barselona»ni boshqarishni istaydi», – dedi Balage dastur davomida.Shuningdek, Balagening qayd etishicha, Lempard 2005 yilda «Barsa» bilan shartnoma imzolashga yaqin kelgandi. Ammo u yakunda «Chelsi» safiga o'tgan edi.