«Barselona» Ispaniya chempionatining 18-turidan o'rin olgan «Granada»ga qarshi bahsning birinchi bo'limida 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.Kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi o'z hisobiga ikkita gol yozdi. Argentinalik futbolchi dastlab 35-daqiqada jarima maydoni chizig'i ustidan aniq zarba bilan "to'qqizlik"ni nishonga olgan bo'lsa, 42-daqiqada jarima zarbasini erlatib tepib, o'zining ikkinchi golini urdi. Messi "Barsa"ning La ligadagi so'nggi 5ta o'yinida "gol+pas" tizimi bo'yicha 8 ochko to'pladi. Bu uchrashuvlarda u 6ta gol urib, 2ta golga uzatma berdi. Lionel 6 yanvar kuni "Atletik Bilbao"ga qarshi o'yinda ham "dubl"ga erishgan edi.