
Bugun, La Liga, 18-turi doirasida "Barselona" "Granada"ni taslim etganidan xabaringiz bor (0:4).
Ushbu uchrashuvda kataloniyaliklar yarimhimoyachisi Serxio Buskets o'zining klubdagi yubiley uchrashuvida maydonga tushdi. Bu bahs, ispaniyalik xavbekning «ko'k-anorranglilar» safidagi 600- bahsi sifatida qayd etilidi.
Bu ko'rsatgich bo'yicha u Xavi (767), Messi (752) hamda Inesta (674)lardan keyingi futbolchi hisoblanadi.
Ma'lumot uchun, Buskets joriy mavsum «Barselona» safida 20 ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar 0