
«Barselona» himoyachisi Jerar Pike faoliyatini qaerda yakunlashni istashini aytib o'tdi.«Faoliyatimdagi eng so'nggi klub «Barselona» bo'ladi. Boshqa jamoa safida to'p tepmoqchi emasman. "Barsa"ning muxlisi bo'lganim uchun futbol o'ynayapman.«Barselona» safida o'ynash — mening eng katta orzum edi. Hozircha o'zimni kuchli va maydonga tushishga tayyor deb hisoblayapman. Ushbu hissiyot yo'qolgan kuni futboldan ketaman», — dedi Pike.
Fikrlar 0