
"Barcelona" himoyachi Junior Firponi jamoada saqlab qolmoqchi, deya xabar beradi Marca nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 24 yoshli ispaniyalik futbolchini qishki transfer oynasida qo'yib yubormaydi.
Xabar qilinishicha, klub agar futbolchi ketsa, rotatsiya bilan bog'liq muammolarga duch kelishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 2020/21 yilgi mavsumda Firpo "Barselona" safida 9 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar 1
O'zi shu tarkibni kuchaytirish kerak o'xshaydi qishki transferda birorta ham o'yinchi ololmaydi