Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi apellyatsiya qo'mitasi "Barselona" tomonidan berilgan shikoyatni qanoatlantirmadi. Kataloniyaliklar "Osasuna"ga qarshi bahsda gol urganidan so'ng jamoa sardori Lionel Messi Maradonaning xotirasi uchun futbolkasini echgani bois sariq kartochka bilan jazolangandi. «Barselona» endi 15 ish kuni daovmida Ispaniya sport administratsiya sudiga murojaat qilish huquqiga ega.