Ispaniya qirollik futbol federatsiyasining musobaqalarni o'tkazish qo'mitasining yig'ilishi ertaga — 19 yanvar, seshanba kuni bo'lib o'tadi. RAC1 tarqatgan xabarga ko'ra, unda «Barselona» hujumchisi Lionel Messining diskvalifikatsiyasi ko'rib chiqiladi.Agar argentinalik futbolchining harakatlari tajovuzkorona deb topilsa, u eng kamida 4ta o'yinga chetlatiladi (eng ko'pi — 12ta o'yin). Superkubok bahslari bo'yicha qo'llanilgan sanktsiya Ispaniyadagi barcha musobaqalarga tadbiq etiladi.Eslatib o'tamiz, Messi «Atletik» hujumchisi Aser Vilyalibrening yuziga urgani uchun maydondan chetlatilgan edi.