
"Atletik Bilbao" hujumchisi Asier Vilyalibre "Barselona" sardori Lionel Messi bilan yuz bergan voqea haqida o'z fikrini bildirdi. "Men bahs-munozaraga kirishmoqchi emasman. Har qanday o'yinchi fol ishlatadi, qoidabuzarlikka yo'l qo'yadi. G'alabaga bo'lgan yo'l — taslim bo'lmaslik.Messi bilan bog'liq vaziyatda men unga korpus qo'ydim, u esa jahli chiqib ketib, mening yuzimga zarba berdi. Bu ochiqdan-ochiq tajovuzkor xatti-harakat edi.Men juda baxtliman. Biz Superkubokka haqli edik. Biz taslim bo'lmadik va xarakter namoyish etdik", — dedi Vilyalibre.
Fikrlar 0