
«Barselona» klubi sardori Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi tomonidan 2a o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. Klub esa ushbu qarorga qarshi apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "ko'k-anorranglilar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.Messi Ispaniya superkubogi finalida Bilbaoning «Atletik» klubi hujumchisi Aser Vilyalibrening yuziga urgani uchun maydondan chetlatilgan edi. Agar "Barsa"ning apellyatsiyasi rad etilsa, argentinalik futbolchi Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichidan o'rin olgan «Kornelya»ga qarshi o'yin va La Liganing 20-turi doirasidagi «Elche»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. U 31 yanvar kuni bo'lib o'tadigan Bilbaoga qarshi uchrashuvda maydonga qaytadi.
Fikrlar 0