«Barselona» prezidentligiga nomzod Viktor Fond yozda «PSJ» futbolchisi Kilian Mbappening transferi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli amalga oshmasligini aytdi.

Frantsiyalik futbolchining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha tuzilgan, lekin har ikki tomon ham kelishuvni uzaytirishga shoshilmayapti.

«Biz Mbappeni qo'lga kirita olmaymiz, chunki klubda etarli pul yo'q. Biz shartnomasi tugab borayotgan futbolchilarni ko'rib chiqishga majburmiz»,-deydi Font