[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/fn/hbCiZtz46x5NQFBkH8TyzuRMJ8tSLg_normal.jpg[/readimg] «PSJ» klubi hujumchi Neymarning jarohatdan tiklanib olish muddati haqida ma’lumot berdi. 27 yoshli futbolchi Braziliya milliy jamoasi tarkibida Nigeriyaga (1:1) qarshi o‘rtoqlik o‘yinida chap sonidan lat yegan edi. Endi u kamida 4 haftani o‘tkazib yuboradi. Bu mavsumda Neymar «PSJ» tarkibida barcha musobaqalarda 5ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan.