
«Barsa» Messining jazosini engillashtirilishidan umid qilayotgan edi. Biroq, Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi kataloniyaliklarning argentinalik futbolchining ikki uchrashuvga diskvalifikatsiya qilish to'g'risidagi apellyatsiyasiga rad javobini bergan.
Shu tariqa, Messi Ispaniya chempionatining navbatdagi «Elche»ga qarshi kechadigan uchrashuvini o'tkazib yuboradi. Futbolchi jazoning birinchi qismini «Kornella» ga qarshi 1/16 Ispaniya kubogi o'yinida qatnashmagan holda o'tab bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Lionel Ispaniya Superkubogi finali, «Atletik» ga qarshi o'yinda (2:3) maydondan chetlatilgan edi.
Fikrlar 0