«Barselona» klubi rahbariyati jamoaning sobiq bosh murabbiyi Kike Seten bilan kompensatsiya puli borasida kelisha olmayapti. 62 yoshli mutaxassis kataloniyaliklardan 4 million evro talab qilmoqda. "Cadena Ser" tarqatgan xabarga ko'ra, «Barselona» bunday to'lovlarga ko'p pul sarflamoqda. Ernesto Valverdening iste'fosi klub uchun 11 mln evroga tushmoqda. "Ko'k-anorranglilar" hozirgi bosh murabbiyi Ronald Kumanni taklif etgani uchun Niderlandiya futbol federatsiyasiga 5 mln evro to'lashiga to'g'ri keladi.