Italiyaning «Milan» hujumchisi Zlatan Ibragimovich A Seriyaning 19-tur doirasida «Atalanta» jamoasiga qarshi bo'lib o'tayotgan uchrashuvning asosiy tarkibida maydonga tushdi.

39 yoshli shveytsiyalik futbolchi MLS pley-off o'yinlarini hisobga olmaganda, o'zining milliy chempionatlardagi 600-o'yinini o'tkazmoqda.

Zlatan Shvetsiyada «Malmyo», Niderlandiyada «Ayaks», A Seriyada «Milan», «Yuventus» va «Inter», La Ligada «Barselona», Frantsiyada "PSJ", APLda "MYu", MLSda esa «Los-Andjeles Gelaksi» jamoalari o'ynagan.