«Barselona» ustozi Ronald Kuman jamoa tarkibini kuchaytirish kerakligini aytdi.

«Mening pozitsiyam aniq: bizga futbolchilar etishmayapti, lekin bunga klubning iqtisodiy muammosi ta'sir ko'rsatmoqda.

O'ylaymanki, biz bir xil fikrlayapmiz. Agar yangi futbolchi kelmaydigan bo'lsa, u holda mavjud tarkib bilan o'ynashda davom etishga qaror qilaman. Agar yaxshiroq natijaga erishishni xohlasak, u holda yangi futbolchilar sotib olishimiz kerak», – dedi Kuman.

Ayni paytda «Barselona» turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi.