[readimg]https://cdn.images.express.co.uk/img/dynamic/67/590x/secondary/2021293.jpg?r=1566481537273[/readimg] [b]"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Barselona" oldin va xozir ko'rsatayotgan o'yinlari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Hozirgi vaqtga kelib "Barsa" futbolchilari Leo nimadir qilishini kutishmoqda va uning xatti xarakatlariga qarab butun o'yinni o'tkazishmoqda. Bunday vaziyatdan faqatgina jamoaning ichki muxiti va o'ziga bo'lgan ishonchi yo'qolmoqda xolos. Ilgari "Barsa" maydonda ekanligida musiqa yangrardi, ya'ni raqibga to'pni berib qo'ymaydigan qoyilmaqom jamoaviy o'yin musiqasi bo'lar edi va musiqa so'nggida Messining yakunlovchi sexrli ohanggi yangrar va butun stadion bundan lol qolardi. Hozir esa ular har safar to'pni yo'qotganlarida raqibda qarshi hujum orqali gol urish uchun ko'plab imkoniyatlar paydo bo'lmoqda. Jamoa tarkibidagi futbolchilar raqibning tezkor qarshi xujumlariga dosh bera olmayabdilar. Jamoaga o'yin vaqtida dinamika, kuch va ishonch yetishmayabdi deb o'ylayman - deydi Fransiyalik mutaxassis.[/b]