"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe «Barselona»ga o'tishi mumkin. Bu haqda Lionel Messining agenti Xosep Mingelya "Catalunya Radio" jurnalistlariga ma'lum qilgan. Agentning aytishicha, "ko'k-anorranglilar" futbolchi va uning oilasi bilan aloqaga chiqishgan.«Biz Mbappening oilasi bilan gaplashdik. Uning 2022 yilda yakunlanadigan shartnomasini kutish bo'yicha kelishuvga erishdik. «Barselona» ushbu vaziyatdan unumli foydalanib, Kilianga yaxshi shartnoma taklif qilmoqchi», - dedi Mingelya.