Forvard g'alaba goli muallifiga aylandi.

"Bizda ajoyib jamoa bor va biz jiddiy natijalarga erishishimiz mumkin. Dembele maydondan tashqarida jiddiy tarzda ishlamoqda. Biz uni qo'llab-quvvatlashga urinmoqdamiz.

Messi - afsona. Umid qilamanki, u bizga sovrin yutishda yordam beradi. Biz to'g'ri yo'ldamiz. Oxirigacha kurashamiz", - deydi Grizmann.

"Barselona" 20 o'yindan so'ng 40 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Etakchi "Atletiko" esa "Barsa" va "Real"dan 10 ochko oldinda va bitta zaxira o'yiniga ega.