
«Barselona» sobiq prezidenti Xosep Mariya Bartomeu klubning Lionel Messi bilan tuzgan shartnomasidagi ma'lumotlar internetda tarqalgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"Bu juda ham jiddiy masala. Professional shartnomalarni ommaga oshkor qilinishi – qonunga zid. Televidenie orqali kimnidir ayblash oson, ammo bu hazil qilinadigan masala emas. Bu ish sudgacha etib borishi aniq. Leo ishlab topayotgan pulini oqlamoqda. Pandemiya yuzaga kelmaganida Messini maoshini to'lash «Barselona»ga qiyinchilik tug'dirmasdi" - dedi Bartomeu.
Fikrlar 0