
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo jamoaning asosiy tarkibga futbolchisiga aylandi. SofaScore tarqatgan xabarga ko'ra, 2020 yilning 1 fevral holatiga Evropaning top-5 chempionatlarida jami 959 nafar o'yinchi kamida 900 daqiqa davomida maydonda harakat qilgan. Ular orasida faqatgina Arauxo biror marta aldanmagan — raqib futbolchilari hozircha uni aldab o'tishga muvaffaq bo'lishmagan.Bundan tashqari, urugvaylik futbolchi maydonga tushgan uchrashuvlarda "Barsa" yutqazmagan.
Fikrlar 0