"Hozir yangi shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib bormoqda. Parijda qolishni xohlayman, sababi bizga Lionel Messi qo'shilishi mumkin", - deydi argentinalik vinger.

Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Anxel joriy mavsum Frantsiya chempionati doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 7ta assist qayd etdi.