“Ha, Anxel Di Mariyada “Barselona”ga qarshi ilk o'yinda qatnashish uchun hech qanday imkon yo'q. Hafta o'tgach, uning sog'lig'iga baho berolamiz”, deydi murabbiy.

Di Mariya Liga 1 doirasida “Marsel”ga qarshi o'tgan (2:0) uchrashuvda mushaklarini shikastlab oldi va 12-daqiqada almashtirildi.

Eslatib o'tamiz, EChL 1/8 finalidan o'rin olgan “Barselona” – PSJ o'rtasidagi “Kamp Nou”dagi o'yin 16 fevralda bo'lib o'tadi.